14:25 / 21.01.2021
9971

Bayden noqonuniy migrantlarning deportatsiya qilinishini to‘xtatdi

Bayden o‘zining saylovoldi kampaniyasi davomida immigrantlar chiqarib yuborilishini to‘xtatishga va'da bergandi. U lavozimga kirishgan ilk kunidayoq Meksika bilan chegaradagi devor qurilishini to‘xtatdi.

Foto: AFP

AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati noqonuniy migrantlarning deportatsiya qilinishini 100 kunga to‘xtatdi. Bu haqda FOX News telekanali xabar bermoqda.

 Hukumatning bildirishicha, noqonuniy migrantlar bilan ish olib borishning to‘xtatilishi davlat organlariga koronavirusga qarshi kurashga e'tibor qaratish imkonini beradi. Qayd etilishicha, ushbu chora terrorizm va josuslikka aloqador migrantlarga taalluqli emas, ammo jinoyati uchun sudlangan va gumonlanuvchilarga nisbatan amal qiladi.

 Bayden o‘zining saylovoldi kampaniyasi davomida immigrantlar chiqarib yuborilishini to‘xtatishga va'da bergandi. U lavozimga kirishgan ilk kunidayoq Meksika bilan chegaradagi devor qurilishini to‘xtatdi.

 Bundan tashqari, u Tramp tomonidan ayrim musulmon mamlakatlari fuqarolarining mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi.

Mavzuga oid
Top