13:16 / 21.01.2021
6518

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bankning asosiy stavkasi o‘zgarishsiz, yillik 14 foiz darajasida saqlab qolinmoqda.

Foto: Markaziy bank

Markaziy bank boshqaruvining 2021 yil 21 yanvardagi navbatdagi yig‘ilishi qaroriga asosan, qayta moliyalash stavkasi yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi.

Bosh regulyatorning asosiy stavkasi 2018 yil boshida 14 foiz etib tasdiqlangandi. 2019 yilda ushbu stavka 16 foizgacha ko‘tarildi.

MB 2020 yil 14 apreldagi navbatdan tashqari yig‘ilishi qaroriga asosan, Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilangandi. Pandemiya va karantin sharoitida ushbu stavka o‘zgartirilmadi. Yil yakunida esa qayta moliyalash stavkasi 14 foiz etib belgilandi.

2020 yil 5 iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda esa MB boshqaruv kengashi a'zolari kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalarni 21 foiz atrofida bo‘lishini belgilagandi.

O‘zbekiston tarixida qayta moliyalash stavkasining eng yuqori ko‘rsatkichi 1995 yilda kuzatilgan bo‘lib, o‘sha paytda asosiy stavka 300 foizga yetgandi. Shundan so‘ng, 2017 yilgacha asosiy stavka pasayib borgan va 27 iyunda 9 foizni tashkil etgan.

Top