14:19 / 21.01.2021
4087
Pandemiya davrida kartoshka va o‘simlik moyi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi - qishloq xo‘jaligi vaziri 

O‘zbekistonda pandemiya tufayli eng zaruriy mahsulotlar va oziq-ovqat mahsulotlarining yetkazib berilishidagi uzilishlar o‘zbek fermerlari va iste'molchilarining ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan foydalanishiga ta'sir ko‘rsatdi. Bu haqda qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev aytib o‘tdi.

Vazirning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha XIII global forumdagi chiqishida aytgan gaplari Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati tomonidan e'lon qilindi.

“O‘zbekistonda pandemiya tufayli eng zaruriy mahsulotlar va oziq-ovqat mahsulotlarining yetkazib berilishidagi uzilishlar o‘zbek fermerlari va iste'molchilarining ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan foydalanishiga ta'sir ko‘rsatdi, masalan, kartoshka va o‘simlik moyi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi, shu sababli kelgusida importdan mustaqil bo‘lish uchun kartoshka va moyli o‘simliklarni joylashtirish hajmlarini qayta ko‘rib chiqmoqdamiz”, - deya o‘z chiqishida ta'kidlab o‘tgan Jamshid Xo‘jayev. 

Uning ma'lum qilishicha, pandemiya davrida aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni ta'minlash bo‘yicha bir qator yangi tashabbuslar joriy etildi va yo‘qotilgan daromadlarni qisman qoplash uchun mavjud qo‘llab-quvvatlash dasturlari kengaytirildi. 

“O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar iste'mol narxlarini barqarorlashtirishga, birinchi navbatda milliy strategik oziq-ovqat zaxirasi hisobiga, shuningdek, chegaralardagi “yashil yo‘laklarni” takomillashtirishga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdogarlari uchun ma'muriy protseduralarni soddalashtirishga qaratilgan edi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari importining ba'zi tariflari pasaytirildi va tegishli qishloq xo‘jaligi kreditlarini to‘lash uchun "to‘lov ta'tillari" joriy etildi”, - dedi Jamshid Xo‘jayev.

Qishloq xo‘jaligi vaziri qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari tizimlarini bosqichma-bosqich yangilashni qo‘llab-quvvatlash, bu sohada ta'lim va kasbiy tayyorgarlik salohiyatini kengaytirish, shuningdek, kelajakda fermerlar va qishloq xo‘jaligi korxonalariga o‘z biznesini muvaffaqiyatli rivojlantirishga imkon beradigan samarali maslahat tarmog‘ini yaratish uchun katta mablag‘lar ajratgan mamlakat hukumatining sa'y-harakatlarini alohida ta'kidlab o‘tdi, deyiladi vazirlik ma'lumotida. 

Top