09:58 / 21.01.2021
6838

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yetakchi hududlar ma'lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yetakchi hududlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryoda eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan (885 665 tonna mahsulot).

Bildirilishicha, Samarqandda eng ko‘p sabzavotlar (1636,3 ming tonna) va kartoshka yetishtirilgan bo‘lsa (626 270 tonna), Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari yetishtirilgan (307 507 tonna).

Shuningdek, Andijonda eng ko‘p meva va rezavorlar (666 872 tonna), Samarqandda eng ko‘p uzum yetishtirilgan (555 005 tonna).

Bundan tashqari, Samarqandda eng ko‘p go‘sht (302 311 tonna) va sut (1,3 mln tonna), Toshkent viloyatida eng ko‘p tuxum (1503,9 mln dona) olingan, Xorazmda eng ko‘p baliq ovlangan (25,6 ming tonna).

Statqo‘m xabariga ko‘ra, Qashqadaryoda 1,6 mln bosh yirik shoxli qoramol hamda 4,7 mln bosh qo‘y va echkilar mavjud. 

Toshkent viloyatida eng ko‘p – 17 219,7 ming bosh parranda va 55,5 ming bosh ot mavjud.

Mavzuga oid
Top