03:57 / 21.01.2021
13314

Rekord yangilandi. Ronaldu - futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar

Foto: Getty Images

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya Superkubogida «Napoli» darvozasiga  (2:0) to‘p kiritdi. 

Portugaliyalik 35 yoshli o‘yinchi klublar va milliy jamoa miqyosida rasmiy bahslardagi gollarini 760taga yetkazib, futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. 

Bungacha rekord Avstriya va Chexoslovakiya milliy jamoalarining sobiq forvardi Yozef Bisanga (759) tegishli edi.

Mavzuga oid
Top