08:53 / 21.01.2021
5197
Xitoy Tramp ma'muriyati a'zolariga qarshi sanksiyalar kiritdi
Foto: UBR

Xitoy hukumati AQShning 45-prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining bir qator vakillariga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilinishicha, sanksiyalar ro‘yxatiga AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ham kiritilgan.

Xitoy bayonotida ta'kidlanishicha, ro‘yxatga kiritilgan amerikalik siyosatchilar “Xitoy xalqini haqorat qilgan va Xitoy-AQSh munosabatlariga jiddiy putur yetkazgan”.

“Pekin Xitoy suverenitetini jiddiy buzgan va AQShning Xitoy bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha harakatlariga javobgar 28 kishiga qarshi sanksiyalar kiritishga qaror qildi”, deyilgan Pekin bayonotida.  

Sanksiyalar ro‘yxatiga Pompeodan tashqari quyidagi shaxslar ham kiritilgan: Piter Navarro, Robert O'Brayyen, Devid Stiluell, Metyu Pottinjyer, Aleks Azar, Kelli Kraft, Jon Bolton va Stiven Bennon.

Ta'kidlanishicha, ushbu shaxslar va ularning yaqin qarindoshlariga Xitoy, Hongkong va Makaoga kirish hamda ular bilan bog‘liq kompaniyalar va muassasalarga Xitoy bilan ish yuritish taqiqlanadi.

Avvalroq Mayk Pompeo Xitoyni uyg‘urlar genotsidida ayblagandi.

Top