09:19 / 22.01.2021
3635

2020 yilda qancha turar joy foydalanishga topshirilgani ma'lum bo‘ldi

Foto: Kun.uz / arxiv

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yil davomida respublika bo‘yicha jami 61,3 mingta yoki 12,7 mln kvadrat metr turar joy foydalanishga topshirildi.

Turar joylarning asosiy qismi, ya'ni 90,3 foizini uy xo‘jaliklari tomonidan yakka tartibda qurib foydalanishga topshirilgan uy-joylar tashkil etdi.

Namunaviy loyihalar asosida qurilib, foydalanishga topshirilgan turar joylar ulushi 4,8 foizga teng bo‘ldi, qolgan 4,9 foiz turar joylar boshqa yuridik shaxslar tomonidan qurilgan.

Jismoniy shaxslar tomonidan bunyod etilgan turar joylarning 68,2 foizi hamda namunaviy loyihalar asosida qurib foydalanishga topshirilgan turar joylarning 82,3 foizi qishloq joylarda qurilgan.

Top