11:47 / 22.01.2021
8381
23 yanvar kuni O‘zbekistonda havo harorati 5 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 23 yanvar kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, biroz qor yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Samarqand viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, respublika tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba'zi joylarida qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Top