10:04 / 22.01.2021
3118
Hindistonda yuk mashinasining portlashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
Foto: globallookpress.com

Hindistonning Karnataka shtatida yuk mashinasining portlashi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Times of India nashri xabar berdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasida tosh konidagi portlash ishlari uchun mo‘ljallangan materiallar bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Portlash vaqtida mashina bir joyda turgan, uning atrofida esa ishchilar bo‘lgan. Portlash zarbasidan 30 km atrofdagi binolarga zarar yetgan va oynalar singan. 

Voqeaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Top