18:01 / 22.01.2021
14408

Mehnat migrantlarini Rossiyaga olib kirishning maxsus mexanizmi joriy etilmoqda

Rossiyadagi qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkiyadan fuqarolarni jalb qurilishning «qo‘lda boshqarish rejimida» ishlaydigan mexanizmi joriy etilmoqda. Bu haqda Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Irek Fayzullin ma'lum qilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida aytilishicha, yangi mexanizmga ko‘ra, endilikda Rossiyaning qurilish kompaniyalari vakillari yoki viloyatlar rahbariyati ma'lum bir obekt uchun migrantlarni chaqirish yuzasidan Qurilish vazirligiga murojaat qilishi mumkin. Murojaat uch hafta davomida komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Chegaralar ochilgandan keyin esa Rossiyaga xorijiy ishchilarni kiritishning yangi mexanizmi yaratiladi.

Yaqinda Rossiya prezidenti mehnat migrantlarini qurilish obektlariga jalb qilishni soddalashtirish masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan hukumatga topshiriq bergan edi.

Mavzuga oid
Top