03:05 / 22.01.2021
11193
Olimlar koronavirusning ilk haqiqiy 3D-suratini taqdim qilishdi
Foto: PA

Avstriyalik olimlar koronavirusning ilk uch o‘lchovli haqiqiy fotosuratini taqdim qilishdi. Bungacha virusning faqat kompyuterda yaratilgan modellaridan foydalanib kelingan. 

Bu surat bir zumda muzlatilgan virusning 3D-surati hisoblanadi. U Vena texnika universitetining shu'ba kompaniyasi Nanographics tomonidan olingan. 

Kompaniya suratni yaratish uchun Pekindagi Tsinxua universiteti olimlari ma'lumotlaridan foydalangan. Xitoylik olimlar virus namunalaridan uning zarar yetmagan zarralarini ajratib, uni skanerlab, raqamli shaklda saqlashga muvaffaq bo‘lishgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top