16:10 / 22.01.2021
7908
Reklama

O‘zsanoatqurilishbank: yil sarhisobi va istiqbolli rejalar

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

Joriy yilning 16 yanvar kuni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvining 2020 yil yakunlari va 2021 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida keltirib o‘tilgan vazifalarga to‘xtalib o‘tildi va bank tizimiga doir masalalar chuqur o‘rganildi.

Ayniqsa, “Mahallabay” ishlash tizimi yuzasidan 11-16 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminar natijalarini hududiy filiallar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda mazkur tizim bo‘yicha ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish lozimligi ta'kidlandi.

 

Yig‘ilish davomida Boshqaruv a'zolari tomonidan Bankning joriy yilga mo‘ljallangan strategik rejasi muhokama qilinib, Murojaatnomada keltirilgan sohaga oid vazifalarga muvofiqlashtirildi. 

Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, Bankning 2020 yil yakunlari bo‘yicha faoliyati sarhisob qilindi.

Hisobot davrida Bank aktivlari 49 trln so‘mni, kredit portfeli 39,9 trln so‘mni, jami depozitlar 11,4 trln so‘mni hamda umumiy kapitali 6,7 trln so‘mni tashkil etdi.

2020 yil davomida bank tomonidan jami 978 ta loyiha, shundan hududlarni rivojlantirish dasturlariga asosan 966ta loyiha moliyalashtirildi. 

Shahrisabz tumanidagi “Shahrisabz tekstil” MChJning yiliga 5,8 ming tonna sintetik tola va mato ishlab chiqarish, Farg‘ona shahridagi “Uz-segang” qo‘shma korxonasining yillik quvvati 5,8 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, Sardoba tumanidagi “Sardoba oqsaroy tekstil” MChJning yiliga tayyor holdagi 1,4 mln dona mahsulot va 900 ming tonna mato ishlab chiqarish quvvatiga ega loyihalari shular jumlasidandir.

Yig‘ilishda Bank tomonidan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlarning ham hisoboti tinglandi.

132 ta eksportyorlarga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 3,6 trln so‘m moliyalashtirildi.

Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib yashil loyihalarni moliyalashtirish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi, 31,9 mln dollarlik 17ta ana shunday loyiha moliyalashtirildi.

“SQB consult” kompaniyasi bilan hamkorlikda barcha hududlarda moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida o‘quv kurslari tashkil etildi. Bugungi kunda kompaniya tadbirkorlarga biznes reja ishlab chiqish, mol-mulkni baholash, import shartnomasini ekspertiza qilishda yordam ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari ko‘magidagi Bankni transformatsiya qilishning 2-bosqich ishlari yakuniga ko‘ra, Xalqaro standartlar asosida korporativ boshqaruv va risk menejment tizimi takomillashtirildi, Kengash tarkibiga bank-moliya sohasida xalqaro tajribaga ega 4 nafar mustaqil a'zo kiritildi, Korporativ boshqaruv xizmati joriy qilinib, Kengash tarkibida 5ta yangi qo‘mita tashkil etildi.

Mijozlarga yo‘naltirilgan Bankning yangi tashkiliy tuzilmasi joriy qilinib, xalqaro tajribalar asosida tashkiliy tuzilma 5ta blokka ajratildi.

Har bir biznes yo‘nalishlarida mijozbay xizmat ko‘rsatuvchi universal xodimlar tayyorlandi (RM).

Moliyaviy rejalashtirish ishlarini avtomatlashtirish yo‘nalishida Germaniyaning SAP kompaniyasi dasturi asosida moliyaviy prognozlashtirish tizimi ishga tushirildi.

CERT xalqaro standartlashtirish tashkiloti bilan hamkorlikda “antikorrupsiya” tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Chakana biznes yo‘nalishida ishlayotgan barcha xodimlarni KPI tizimi asosida rag‘batlantirilishi amalga tatbiq qilindi.

Raqamli bank xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lida aholi uchun mutlaqo yangi 58ta xizmat turini o‘z ichiga olgan “JOYDA” mobil ilovasi ishga tushirildi. 

Bank xizmatlarini mijozlarga yaqinlashtirish maqsadida 42ta bank xizmatlari ofisi va 89ta o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish markazi (24/7) tashkil etildi.

Yig‘ilishda Boshqaruv a'zolari diqqati Bankni 2021 yilda strategik rivojlantirish bo‘yicha belgilangan rejalarga qaratilib, unga ba'zi o‘zgartishlar kiritildi.

2021 yilda Bank umumiy aktivlari hajmini 52,2 trln so‘mga, kredit portfelini 44,4 trln so‘mga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning jami depozitlari qoldig‘ini 11 trln so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top