21:52 / 22.01.2021
11269
Pentagonga ilk bor afroamerikalik rahbar bo‘ldi

Lloyd Ostin AQShning Iroqdagi qo‘shinlari ustidan so‘nggi qo‘mondon bo‘lgan. U 2016 yil martda iste'foga chiqqan.

Foto: AP Photo / J. Scott Applewhite

AQSh Senati saylangan prezident Jozef Bayden taklif qilgan Lloyd Ostin nomzodini AQSh mudofaa vaziri lavozimiga tasdiqladi.

 Bungacha uning nomzodini Senatning qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi tasdiqlagandi. Shunday qilib, Ostin ushbu lavozimni egallagan ilk afroamerikalik bo‘ldi. 

Uest-Poynt harbiy akademiyasi bitiruvchisi bo‘lgan Lloyd Ostin Germaniyada piyoda vzvodi komandirligidan AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondoniligigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

Ostin AQShning Iroqdagi qo‘shinlari ustidan so‘nggi qo‘mondon bo‘lgan. U 2016 yil martda iste'foga chiqqan.

AQSh qonunchiligiga ko‘ra, Pentagon rahbarligiga da'vogar harbiy bungacha yetti yil iste'foda bo‘lgan bo‘lishi lozim. Aks holda unga qonunchilarning maxsus ruxsati kerak bo‘ladi va Ostin ana shunday ruxsatga ega bo‘ldi. AQShda bunday cheklov hukumat tepasiga harbiylar kelmasligini kafolatlash uchun joriy etilgan.

Top