19:09 / 22.01.2021
5793

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ: viloyatning deyarli barcha hududida elektr energiyasi tiklandi

Respublikamizga kirib kelgan sovuq ob-havo oqimi ta'sirida Xorazm viloyatida ham joriy yilning 21 yanvar kuni kuchli shamol aralash qor va yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi.

Natijada viloyatning deyarli barcha tumanlarida elektr energiyasida uzilishlar yuzaga keldi. 

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan 100 dan ortiq tezkor guruhlar jalb qilinib, 21 yanvar kunining yakuni va 22 yanvar kuni tongda ham ta'mirlash ishlari tashkillashtirildi.

Tezkor guruhlarga 500 tadan ortiq xodimlar jalb qilinishi natijasida ayni vaqtda elektr energiyasidan uzilgan hududlarning 97% qismida elektr energiyasi to‘liq tiklandi.

Bunday holatda elektr energiyasi xodimlari va viloyat favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikdan xonadonlarni isitish, avtomobilda harakatlanish davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida fuqarolarga tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati

Top