22:51 / 23.01.2021
5301
Javod Zarif Eron AQSh bilan xavfsizlik va neft masalasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi

Zarifning so‘zlariga ko‘ra, "Eron Vashington bilan Isroil muammosi bo‘yicha hamkorlik qilmaydi".

Foto: DPA

Tehron AQSh bilan Fors ko‘rfazidagi xavfsizlik va neft masalasida hamkorlik qilishi mumkin. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif ma'lum qildi.

 "Biz sizlar (AQSh) bilan neft masalasida ham, Fors ko‘rfazida xavfsizlikni ta'minlash masalasida ham hamkorlik qilishda muammo ko‘rmayapmiz", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Etemad gazetasi. Zarif shu bilan birga, "xorijliklarning Fors ko‘rfazida bo‘lib turishi xavfsizlikka tahdid solishi va AQSh bu yerni tark etishi kerak"ligini ta'kidlagan.

 U bu o‘zining shaxsiy qarashi ekanligini ham bildirib o‘tgan.

Zarifning so‘zlariga ko‘ra, "Eron Vashington bilan Isroil muammosi bo‘yicha hamkorlik qilmaydi".

"Biz amerikaliklarning ichki ishlarimizga aralashishlariga yo‘l qo‘ymaymiz", - deb qo‘shib qo‘ygan u.

Top