12:55 / 24.01.2021
17196
Bayden eng kam ish haqini 2 baravarga oshirishga oid farmon imzoladi

AQSh prezidenti Jozef Bayden pandemiya sharoitida aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga oid ikkita farmonni imzoladi.

Foto: AFP

Ulardan biri federal xizmatchilar uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini soatiga 15 dollarga – ikki baravardan ko‘proqqa oshirishni ko‘zda tutadi. Farmon bilan tegishli organlarga bu masalani o‘rganib, takliflar kiritish topshirildi.

Shu bilan birga, amerikaliklarga 1200 dollardan ko‘mak cheklari tarqatilishi kutilmoqda.

«Bizda buni o‘nglash uchun vositalar bor. Virusni nazoratga olish va iqtisodiyotni joyiga qaytarish uchun vositalarimiz bor. Odamlarga yordam berish mexanizmlari mavjud. Kelinglar, bu vositalarni darhol ishga solamiz», – dedi u.

Baydenning inqirozga qarshi dasturining katta qismini Kongress ko‘rib chiqishi lozim.

Top