14:59 / 24.01.2021
28721
Foto: Ustyurtda sayg‘oqlar to‘dasi fotoqopqonga tushdi

«Saygachiy» majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi hududlarida o‘rnatilgan fotoqopqonlar sayg‘oqlar to‘dasini suratga oldi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar qildi.

Bundan bir yil avval ham sayg‘oqlar to‘dasi fotoqopqonga tushgan, o‘shanda naq 35 bosh sayg‘oqning ko‘rinish bergani muhim hodisa bo‘lgandi: oxirgi 5 yilda O‘zbekistonda sayg‘oq populyatsiyasi uchramagan.

Sayg‘oq qisqarib borayotgan tur sifatida Xalqaro va O‘zbekiston qizil kitoblariga kiritilgan.

2010 yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida sayg‘oqlarni muhofaza qilish va ko‘paytirish bo‘yicha kelishuv imzolangan. Shu kelishuv asosida 2016 yilda Qozog‘iston bilan chegaradosh hududda «Saygachiy» majmua buyurtmaxonasi tashkil etilgan.

Ikki hafta oldin Qashqadaryoda qor qoploni fotoqopqonga tushgandi.

Top