14:01 / 24.01.2021
5299

Pentagon amerikaliklarning harakatlanishi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni sotib olmoqda – OAV

Hukumat telefon kompaniyalari o‘z mijozlari joylashuvi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni berishi uchun order so‘rashi lozim bo‘lgani holda ma'lumotlarni vositachilar orqali sud qarorisiz sotib olganligi aytilmoqda.

Foto: The New York Times

Pentagon razvedka boshqarmasi bir necha yillardan beri sud orderisiz amerikalik va xorijliklarning harakatlanishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar bazasini sotib olish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, oxirgi ikki yarim yil davomida razvedka boshqarmasi xodimlari sotib olingan ma'lumotlar bazasi orqali amerikaliklarning harakatlanishini kuzatib kelgan. Hukumat telefon kompaniyalari o‘z mijozlari joylashuvi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni berishi uchun order so‘rashi lozim bo‘lgani holda ma'lumotlarni vositachilar orqali sud qarorisiz sotib olgan, deb yozadi NYT.

 Avvalroq The Wall Street Journal Amerika federal agentliklari mobil telefonlardagi ma'lumotlardan immigratsion tekshiruvlarda foydalanishi to‘g‘risida yozgandi. Gazetaning qayd etishicha, hukumat mobil telefonlardagi o‘yinlar, ob-havo va elektron tijorat ilovalaridan olingan ma'lumotlarni o‘rganadi.

NYT nashrining yozishicha, Pentagon shuningdek, razvedka maqsadlarida xorijliklarning harakatlanishini o‘rganishda ushbu ma'lumotlardan foydalanadi. 

Qayd etilishicha, amerikaliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlar bazasini olish uchun maxsus ruxsat kerak. Oxirgi ikki yarim yil davomida bunday ruxsat besh marta berilgan.

Mavzuga oid
Top