11:45 / 24.01.2021
3677
SpaceX rekord sonda sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarishi kutilmoqda

SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketasi parvozini 23 yanvardan 24 yanvarga ko‘chirdi. Parvoz vaqtida orbitaga rekord sonda – birvarakayiga 143 ta, jumladan 133ta tijoriy va hukumat hamda Starlink internet tarmog‘ining 10ta sun'iy yo‘ldoshini chiqarish kutilmoqda. 

Foto: EPA/Vostock-photo

Parvoz Floridadagi kosmodromdan AQShning Sharqiy sohili vaqti bo‘yicha soat 10da (Toshkent vaqti bilan soat 20da) amalga oshirilishi kutilmoqda

Bu Starlink loyihasi doirasida 2019 yil may oyidan boshlab 17-marta orbitaga sun'iy yo‘ldoshlar chiqarilishi bo‘ladi. Hozirda loyihaning orbitadagi sun'iy yo‘ldoshlari soni 1013taga yetgan. Navbatdagi sun'iy yo‘ldoshlar qutb orbitasiga chiqariladi. 20 yanvarda ham Falcon 9 raketasi Starlink’ning 60ta sun'iy yo‘ldoshini yerga yaqin orbitaga chiqargandi.

SpaceX sayyoramizning istalgan burchagidan internetga ulanish imkonini beruvchi tarmoqni yaratish uchun kelgusida orbitadagi sun'iy yo‘ldoshlari sonini 12 mingtagacha ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. 

Top