23:52 / 25.01.2021
5185
AQSh Eron bilan muloqot boshlashga tayyorligini bildirdi - OAV

AQSh Eron hukumatiga Yevropadagi vositachilar orqali ikki tomonlama muloqotni taklif qilishga tayyor. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib Sky News Arabia telekanali xabar berdi. 

Foto: AP

Pentagondagi manba ma'lumotlariga ko‘ra, “AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Tehron bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot boshlash tashabbusini bildirmoqchi”.  

25 yanvarda Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Said Xatibzoda Tehron AQSh yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni bajarishga qaytmasa, Vashingtonga bir qadam ham peshvoz chiqmasligini aytgan. Xatibzodaning ushbu bayonoti AQSh Bayden prezidentligi muddati boshlangandan keyin yadro kelishuviga qaytishi mumkinligi haqidagi xabar ortida yangragan. 

AQSh davlat kotibi lavozimiga nomzod Entoni Blinken 19 yanvarda Bayden Eron bilan yadro dasturi bo‘yicha uzoq muddatli kelishuvga erishmoqchiligini aytgan. U Vashington Eron bo‘yicha keyingi qadamlar doirasida AQSh kongressi, Isroil hamda Fors ko‘rfazi davlatlari bilan maslahatlashishini ta'kidlab o‘tgan.

Top