21:12 / 25.01.2021
4089

Moderna o‘z vaksinasi koronavirusning yangi shtammlariga qarshi samarali ekanligini bildirdi

Qayd etilishicha, 100 mikrogramm hajmdagi ikki doza vaksina bilan emlash koronavirusning hozirgacha aniqlangan barcha shtammlaridan himoya qiladi.

Foto: AFP

Moderna kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi virusning yangi shtammlariga qarshi samarali ekanligini ma'lum qildi.

"Moderna kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlash natijasida virusning barcha variantlari, jumladan Buyuk Britaniya va JARda aniqlangan B.1.1.7 va B.1.351 turlariga qarshi antitanalar paydo bo‘ldi", - deyiladi kompaniya bayonotida.

Qayd etilishicha, 100 mikrogramm hajmdagi ikki doza vaksina bilan emlash koronavirusning hozirgacha aniqlangan barcha shtammlaridan himoya qiladi.

Moderna shuningdek, JARda aniqlangan shtammga qarshi yana bir vaksina ustida ish olib bormoqda.  

 O‘tgan yil dekabrida Britaniya hukumati koronavirusning yangi shtammi to‘g‘risida ma'lum qildi. U koronavirusning boshqa turlariga nisbatan 70 foizga yuqumli eekanligi aytildi. Bundan tashqari, o‘tgan yil oxirida JARda koronavirusning yana bir turi aniqlandi.

Hozirda Moderna kompaniyasi vaksinasidan YeI va AQSh, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Kanada va Isroilda foydalanishga ruxsat berilgan.

30 mingga yaqin kishi qatnashgan sinovlarda Moderna vaksinasi 94,1 foiz samaradorlik ko‘rsatgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top