09:00 / 25.01.2021
5606
Reklama

Olmazor Business City – tabiat bilan uyg‘un turar joy majmuasi

Bizning Uylar Development kompaniyasi Olmazor Business City turar joy majmuasini taqdim etadi – bu erkinlik, makon va hayotning tabiat bilan uyg‘unligini qadrlovchilar uchun ideal tanlov.

Bugungi kunda Olmazor Business City mamlakatimizdagi eng yirik turar joy majmualaridan biridir. Majmuada 28 ta ko‘p qavatli uy-joy binolari bo‘lib, ulardan biri o‘ziga xos o‘ttiz qavatli osmono‘par bino hisoblanadi. Turar joy majmuasi rivojlangan infratuzilmaga ega. Majmua hududida keng yer osti avtoturargohi, ko‘plab sayr xiyobonlari va dam olish joylari, sport va bolalar maydonchalari mavjud.

Bundan tashqari, ushbu obekt hududida ko‘plab savdo binolar, poytaxtdagi yirik shopping mall, xususiy tibbiyot muassasasi, bolalar ta'lim muassasalari – xususiy maktab va bolalar bog‘chasi joylashadi. Bularning barchasi 23 gektardan ziyod ulkan hududda faoliyat olib boradi. Majmua hududida binolar oralig‘i kengligiga alohida e'tibor qaratilgan. Umumiy maydonda binolar o‘zaro uyg‘un holda bunyod etilgan. O‘z navbatida bunday «kenglik» turar joy majmuasining afzalligi hisoblanib, bu borada har qanday turar joy majmuasi bilan raqobatlasha oladi.

Majmuadagi binolardan tashqari kenglik katta ko‘kalamzor maydon uchun asosiy joy bo‘lib xizmat qiladi. Keng ko‘lamli ekologik hududda 800 metrlik kanal bo‘yi mavjud. Ichki hududdagi mazkur joy tashqaridan to‘siq bilan o‘ralgan. Shu sabab majmua aholisi kundalik bo‘sh vaqtlarida ochiq havoda sayr qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bizning Uylar Development kompaniyasi Olmazor Business City turar joy majmuasi hududidagi barcha ko‘chmas mulk turlarini eng optimal va qulay shartlarda sotadi. Siz muddatli to‘lov yoki foydali shartlar asosida xonadon egasi bo‘lishingiz mumkin.

Olmazor Business City yangi turar joy majmuasida yuzdan ortiq oilalar o‘zlarining yangi xonadonlarining baxtli egalariga aylanishdi. Bu yerda siz uyingizdan tashqarida tabiat bilan uyg‘un holda farovon hayot kechirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Kenglikka oshiqing – Olmazor Business City'ni tanlang!

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik Halqa Yo‘li ko‘chasi, 5-A uy.

Mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +998 71 210 44 44

Instagram: @bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Top