08:32 / 25.01.2021
2338
O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli tayinlandi 

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2021 yil 24 yanvar kuni O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) bosh konsuli etib tayinlangan Timur Rahmonov xizmat vazifasini bajarishga kirishdi.

T.Rahmonov ilgari O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasi birinchi kotibi lavozimida ishlagan.

Top