17:02 / 25.01.2021
6841

WhatsApp 30 milliondan ortiq foydalanuvchisini yo‘qotdi

 WhatsApp rahbariyatining yangi siyosati tufayli foydalanuvchilar Signal va Telegram messenjerlariga o‘ta boshladi.

Foto: Globallookpress

WhatsApp messenjeri yanvar boshidan buyon 30 milliondan ortiq foydalanuvchisini yo‘qotdi. The Guardian nashrining yozishicha, bu foydalanuvchilarning ilovadan foydalanish shartlarini yangilaganligini salbiy baholashgani bilan bog‘liq.

WhatsApp rahbariyatining yangi siyosati tufayli foydalanuvchilar Signal va Telegram messenjerlariga o‘ta boshladi. Britaniya parlamenti qo‘mitasining baholashicha, yanvarning dastlabki uch haftasi davomida Signal foydalanuvchilari soni 7,5 millionga ko‘paygan, Telegram messenjeriga esa 25 million nafarga yaqin foydalanuvchi qo‘shilgan.

App Annie tahliliy firmasining ma'lumotiga ko‘ra, WhatsApp yanvar o‘rtalarida Britaniyada eng ko‘p yuklab olingan ilovalar reytingida sakkizinchi o‘rindan quyiga tushgan. 6 yanvarda reytingning dastlabki mingtaligiga ham kirmagan Signal esa 9 yanvar kuni mamlakatda eng ko‘p ko‘chirib olingan ilovaga aylangan.

Avvalroq WhatsApp foydalanuvchilarga oid shaxsiy ma'lumotlar Facebook korporatsiyasining boshqa barcha dasturlariga ham berilishini ma'lum qilgandi. Kompaniya buni o‘zining Facebook'ga tegishli ekani bilan izohlagan.

Mavzuga oid
Top