09:00 / 26.01.2021
3035
Alfraganus – biznes uchun katta imkoniyatlar makoni

Restoran, do‘kon yoki salon ochish uchun bino qidiryapsizmi? Yoki tijorat maydonini kelajakka sarmoya sifatida sotib olmoqchimisiz? Alfraganus savdo mavzesi – bu aynan siz izlagan maskan!

Alfraganus – Mirobod tumanidagi 110 000 kvadrat metr maydonda bunyod etiladi. Yangi savdo mavzesi istiqbolli va yuqori daromadli loyiha bo‘lib, u Shimoliy temir yo‘l vokzalidan 5 daqiqalik, Amir Temur xiyobonidan esa 7 daqiqalik masofada joylashgan. Uning hududida 18 ta bir va ikki qavatli binolar bo‘lib, ularda 524 ta savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari joylashadi. Mavzedagi joylar quyidagi toifalarga bo‘lingan:

  • Kiyim-kechak va poyabzal;
  • Oziq-ovqat va ichimliklar;
  • Aksessuarlar;
  • Dekor;
  • Elektronika;
  • Xizmat ko‘rsatish;
  • Katta do‘konlar;
  • Boshqalar (mini-bank, kimyoviy tozalash, sport mahsulotlari va boshqalar).

Binolar maydoni 32 dan 3030 kvadrat metrgachani tashkil etadi. Maydonlarning bunday farqlanishi barcha turdagi biznes tashkil etish uchun qulay bo‘lib, tadbirkorlarga Alfraganus savdo mavzesi hududida kichik sovg‘alar do‘koni yoki dorixona, shuningdek, yirik avtosalon yoki gipermarket ochishga ham imkoniyat beradi.

Savdo mavzesiga tashrif buyuruvchilar uchun bir qator qulayliklar yaratilgan. Ularning samarali harakatlanishlari uchun barcha sharoit puxta o‘ylangan. Mavzeda 6 ta asosiy kirish joyi mavjud. Shuningdek, 1500 ta avtomobil uchun aylana avtoturargoh joylari tashkil qilinadi.

Joylarni ijaraga berish biznesi bilan shug‘ullanish uchun bino sotib olayotgan sarmoyadorlarga Alfraganus Academy'ning maxsus bo‘limi xizmat ko‘rsatadi. Bo‘lim ijarachini izlash bilan bog‘liq barcha tashkiliy va huquqiy masalalarni o‘z zimmasiga oladi. Shu sabab siz joyni tayyor ijarachi bilan sotib olasiz va birinchi kunlardan boshlab ijara biznesidan daromad ola boshlaysiz.

Alfraganus savdo mavzesi loyihasi haqida batafsil ma'lumotlarni olish hamda savdo joylarini band qilish uchun quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: +998 71 210 44 44

Sayt: bizninguylar.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Reklama huquqi asosida

Top