01:29 / 26.01.2021
2786

CDC O‘zbekiston epidemiologlari uchun o‘quv kursi tashkil etdi

25 yanvar kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida AQShning kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (CDC) bilan hamkorlikda amaliy epidemiologiyaga bag‘ishlangan xalqaro o‘quv kursi boshlandi.

Dastur asosida birinchi navbatda Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 20 nafar epidemiologlar tayyorlanadi.

«Bu – ularga yaqin kelajakda xalqaro miqyosda tan olingan zamonaviy epidemiologiyaning ilmiy asoslangan usullaridan foydalanish imkonini beradi», – deyiladi rasmiy relizda.

O‘quv dasturning ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan vebinarda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Alisher Shodmonov, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakillari, AQSh elchixonasi ishlarini yurgazish bo‘yicha vakili Alan Melser shuningdek, CDC’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi direktori Daniyel Singerlar o‘zaro fikr almashdi. 

Ma'lumot uchun: CDC – AQShning Sog‘liqni saqlash agentligi sifatida 1946 yilda tashkil etilib, o‘sha davrda sanitariya-epidemiologiya xizmati vazifasini bajargan. CDC AQSh aholisi orasida emlash dasturiga asos solgan. Dunyo miqyosida sog‘liqni saqlashni amalga oshirishdagi chora-tadbirlarni takomillashtiradi.

Shuningdek, CDC AQShning barcha sog‘liqni saqlash muassasalari va yetakchi universitetlarining tibbiyot maktablarida ilmiy tadqiqotlar olib borib, yangi loyiha va umuminsoniy dasturlarni qo‘llab-quvvatlab keladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top