17:54 / 26.01.2021
4222

Italiya bosh vaziri iste'foga chiqdi

Mattarella bilan uchrashuvdan avval Konte vazirlar kengashi yig‘ilishini o‘tkazib, o‘z lavozimini tark etmoqchi ekanligini ma'lum qilgan.

Foto: Italian Prime Minister's Press O/AFP/Getty Images

Italiya hukumati raisi Juzeppe Konte iste'foga chiqdi. Bu haqda Rainews24 telekanali xabar berdi.

 Xabarda aytilishicha, Konte davlat rahbari Serdo Mattarella bilan uchrashgan. Prezident matbuot xizmati hozircha bu to‘g‘risida rasmiy bayonot bermadi.

Mattarella bilan uchrashuvdan avval Konte vazirlar kengashi yig‘ilishini o‘tkazib, o‘z lavozimini tark etmoqchi ekanligini ma'lum qilgan.

Bu qaror Konte o‘zi rahbarligidagi koalitsiya parlamentda hukmronlikni boy bergach qabul qilinganligi aytilmoqda.

Top