01:38 / 26.01.2021
2768
Oxirgi 10 yil ichida tabiiy ofatlardan 410 mingdan ko‘proq kishi halok bo‘lgan - BMT
Foto: Wikipedia

Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq holda yuz bergan ob-havo va tabiiy ofatlar oxirgi 10 yil ichida 410 mingdan ko‘proq kishining hayotini olib ketgan. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish iqlim o‘zgarishi va bu o‘zgarishlarga moslashuvga bag‘ishlangan sammitda ma'lum qildi.  

Bunday falokatlardan birinchi navbatda nochor davlatlar aholisi aziyat chekkan.  

BMT bosh kotibining Jahon meteorologiya tashkiloti ma'lumotlariga tayanib ma'lum qilishicha, oxirgi 50 yil ichida iqlim, ob-havo sharoiti bilan bog‘liq 11 mingga yaqin tabiiy ofat yuz bergan. Ulardan ko‘rilgan umumiy zarar 3,6 trln dollarni tashkil qilgan.        

Guterrishning ta'kidlashicha, dunyo davlatlari iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha turli choralarga katta mablag‘ sarflab keladi. Jumladan, rivojlanayotgan davlatlarning o‘zi bu maqsadda yiliga 70 mlrd dollar sarflaydi. 2030 yilgacha bu xarajatlar miqdori oshib, yiliga 140 mlrd dollardan 300 mlrd dollargachani, 2040 yilda esa 280 mlrd dollardan 500 mlrd dollargachani tashkil qilishi mumkin.

Top