21:24 / 26.01.2021
3373

Yevroittifoqda shartnomani buzgani uchun AstraZeneca kompaniyasini sudga berish taklif qilinmoqda

 22 yanvar kuni AstraZeneca mart oxirigacha YeIga kelishilgan hajmdagi vaksinani yetkazib bera olmasligini xabar qildi. Ma'lum qilinishicha, kompaniya birinchi chorakda 31 mln doza – rejadagidan 60 foiz kam vaksina yetkazib berishi mumkin.

Foto: AP

Yevropa ittifoqi YeI mamlakatlariga vaksina yetkazib berishda muammoga duch kelgan AstraZeneca Britaniya-Shvetsiya kompaniyasiga bosimni kuchaytirmoqda. Yevroittifoq davlatlari kompaniyani shartnomani buzgani uchun sudga berish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishi lozim, dedi Latviya tashqi ishlar vaziri Edgar Rinkevich.  

 Shu bilan birga, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen YeI bilan shartnoma tuzgan vaksina ishlab chiqaruvchilarni o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishga bir necha milliardlab mablag‘ kiritdi va endi kompaniyalar o‘z majburiyatlarini bajarib, vaksina yetkazib berishi kerak. Fon der Lyayyen Bryussel vaksinaning YeIdan tashqariga yetkazilishi ustidan nazorat mexanizmini tashkil etish niyatida ekanligini ma'lum qildi.

22 yanvar kuni AstraZeneca kutilmaganda mart oxirigacha YeIga kelishilgan hajmdagi vaksinani yetkazib bera olmasligini xabar qildi. Ma'lum qilinishicha, kompaniya birinchi chorakda 31 mln doza – rejadagidan 60 foiz kam vaksina yetkazib berishi mumkin.

 2020 yil avgustda tuzilgan shartnomaga ko‘ra, YeI ushbu kompaniyadan 400 mln dozagacha vaksina olishi lozim. YeS vakilining so‘zlariga ko‘ra, AstraZeneca kelishuv doirasida oldindan 336 mln yevro mablag‘ olgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top