15:34 / 27.01.2021
3116

Germaniya koronavirus mutatsiyalari sababli aviaqatnovlarni to‘xtatishni o‘ylamoqda

Germaniya koronavirus mutatsiyalari tarqalishini tutib turish maqsadida aviaqatnovlarni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Germaniya ichki ishlar vaziri Horst Zeyehofer ma'lum qildi.

"Virusning ko‘p sonli mutatsiyalari keltirib chiqarayotgan xavf bizni keskin choralar to‘g‘risida o‘ylashga majbur qilmoqda. Bu chegaralardagi qat'iy tekshiruvlarni hamda Isroil qilayotgani kabi Germaniyaga aviaqatnovlarni qariyb nolgacha qisqartirishni o‘z ichiga oladi", - dedi Zeyehofer.

 O‘z navbatida, Germaniya kansleri Angela Merkel Zeyehoferdan mamlakatni mutatsiya tarqalishidan himoya qilish yo‘llarini o‘rganishni so‘ragan. Merkel shuningdek, safarlarga to‘liq taqiq qo‘yilishiga qarshi ekanligini aytish bilan birga turizmni to‘xtatishga chaqirgan.

 Ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 2,1 milliondan oshgan, 54 mingdan ortiq kishi kasallikdan vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top