12:00 / 27.01.2021
7271
Huvaydo: oilangiz uchun munosib tanlov

Poytaxtning sokin joyidan yangi xonadon izlayotganlar uchun Huvaydo turar joy majmuasini tavsiya etamiz. Oilangiz farovon hayoti uchun qulay va zamonaviy maskan. Turar joy majmuasidagi barcha xonadonlar va ularning hujjatlari tayyor. Hozirgi kunda sanoqli xonadonlar qolgan. Xaridorlarga foydali takliflar mavjud. Asosiysi har bir xonadonga yer osti avtoturargohidan joy SOVG‘A!

Tayyor oilaviy majmua. Huvaydo turar joy majmuasi keng hududi va rivojlangan infratuzilmasi bilan alohida ajralib turadi. Uning umumiy maydoni 20 634 kvadrat metrga teng. Shundan 6 900 kvadrat metr ko‘kalamzor hudud hisoblanadi. Majmuada 6 ta ko‘p qavatli uy mavjud. Majmuada barcha uylar qurib bitkazilgan hamda aholiga foydalanishga topshirilgan. Bugungi kunda majmuada ko‘plab oilalar istiqomat qiladi. Faqatgina sanoqli xonadonlar o‘z egasini kutmoqda.

Zamonaviy va shinam xonadonlar. Barcha xonadonlar zamonaviy va noodatiy me'moriy yechimga ega. Xonadonlar keng, tayyor va sifatli ta'mirlangan. Panorama oynali hamda o‘ziga xos yarim aylana xonalar, keng oshxona va boshqa xonalar mavjud. Xonadon baland shift, mustahkam eshik, jihozlangan yuvinish xonasi, shovqin o‘tkazmas oynalar kabi bir qancha qulayliklarga ega. Uylarni loyihalashda havo aylanishi, tabiiy yorug‘lik hamda qulaylikka alohida e'tibor qaratilgan.

Farovon hayot uchun munosib tanlov. Turar joy majmuasining hovlisi kengligi bilan alohida ajralib turadi. Hududda sayr yo‘lagi, favvora, bolalar va sport maydonchalari mavjud. Keng hovli to‘liq o‘ralgan, hudud videokameralar orqali uzluksiz kuzatiladi. Majmua hovlisida dam olish, sport bilan faol shug‘ullanish, kechki oilaviy sayrlarni tashkil qilish mumkin. Turar joy hududi havfsizligini ta'minlash uchun qo‘riqlash xizmati tun-u kun faoliyat olib boradi.

Turar joy majmuasi katta ko‘chaga yaqin joyda qurilgan bo‘lib, uning yaqinida qayta ta'mirlangan zamonaviy maktab, bolalar bog‘chasi, ikkita katta masjid, oziq-ovqat, gullar, shirinlik va kiyim do‘konlari, qahvaxona, restoranlar hamda turli xizmat ko‘rsatish maskanlari joylashgan. «Beruniy» metro bekatigacha piyoda 10 daqiqalik yo‘l.

Barcha qulayliklarga ega Huvaydo turar joy majmuasiga tashrif buyuring hamda to‘lovning qulay shartlaridan foydalanib xonadon egasiga aylaning.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: +99895 194-00-40

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 60-65-uylar.

Telegram: t.me/huvaydoresidence

Facebook: fb.com/huvaydoresidence

Instagram: @huvaydo_residence

Sayt: huvaydo-residence.uz

Reklama huquqi asosida

Top