20:50 / 27.01.2021
4750
Kamerunda 50dan ko‘proq kishi avtohalokat qurboni bo‘ldi

Kamerunning Jang shahri yaqinida avtobusning yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi oqibatida 53 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Journal du Cameroun nashri xabar berdi.

Foto: cameroonvoice.com

Yana 29 kishi jarohat olgan. Ma'lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi mahalliy vaqt bilan tungi soat 3da yuz bergan. Yonilg‘i olib ketayotgan yuk mashinasining shaharlararo avtobus bilan to‘qnashuvidan keyin ikkala transport vositasi ham olov ichida qolgan.

Kamerunda 2020 yil dekabr oyi oxirida ham yuk mashinasining avtobus bilan to‘qnashuvi oqibatida 37 kishi halok bo‘lgan.

Top