16:53 / 27.01.2021
16942

«Orzu» dam olish maskani 1 so‘m qiymatda sotuvga qo‘yildi

Toshkent viloyati Ohangaron tumani Ko‘ksaroy MFYda joylashgan «Orzu» dam olish maskani bino inshootlari onlayn  auksionda sotuvga qo‘yilgan.

Foto: e-auksion.uz

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi «Orzu» dam olish maskanini onlayn auksionga qo‘ydi. Auksionda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 1 fevral sanasigacha qabul qilinishi belgilangan. 

Auksion 3 fevral kuni binoning boshlang‘ich narxi 1 so‘m qiymatida narxlarning oshib borishi tartibida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ma'lum qilinishicha, inshootni xarid qilgan mulkdorga xarid qilingan kundan boshlab 24 oy davomida 4 milliard so‘m investitsiya kiritish va 30 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish majburiyati yuklatilgan. Inshootning umumiy maydoni 4,5 gektarni tashkil qiladi.

Binoni xususiylashtirish uchun xuquqiy asos sifatida prezidentning 2020 yil 7 dekabrdagi 4916-sonli qarori ko‘rsatilgan.

Ma'lumot uchun, oldi-sotdi auksionida g‘olib chiqqan odam 10 kun muddatda belgilangan to‘lovni amalga oshirib shartnoma rasmiylashtirilmasa, avtomatik tarzda g‘olibdan keyingi ishtirokchiga tasdiqlagan narxi bo‘yicha mazkur obekt bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini tuzish taklifi beriladi.

Mavzuga oid
Top