09:29 / 27.01.2021
3936
«O‘zbekneftgaz»: 4ta neft bazasida avtomatlashtirilgan tizim (ASKUN) joriy etilmoqda

Prezidentning «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan, «Kuchlik neft bazasi» MChJda neft mahsulotlarining hisobini yuritish uchun avtomatlashtirilgan tizim (ASKUN) ishlab chiqilib, to‘liq joriy etildi.

Sig‘imlardagi sathni, bosimni, gidrostatik bosimni va haroratni o‘lchovchi zamonaviy asboblarni o‘rnatish hamda laboratoriya, tarozi va dispetcherlik xonalarini mos ravishda ta'mirlash ishlari pudratchi tashkilotlar «Maxsusenergogaz» AJ va «Albatros» AJ kompaniyalari tomonidan amalga oshirildi.

Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan Jamiyatga tegishli barcha neft bazalaridagi mavjud vertikal va gorizontal sig‘imlarga sath-o‘lchagich asboblarini o‘rnatish, ularni nazorat qilish va kuzatish ishlarini 2021 yil yakuniga qadar to‘liq yakunlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Hozirgi kunda joriy yilning 1-choragida rejalashtirilgan «Buxoro neft bazasi» MChJ, «Maroqand neft bazasi» MChJ, «Paxta neft bazasi» MChJ va «Chinobod neft bazasi» MChJlarida ushbu tizimni joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, «Buxoro», «Maroqand», «Paxta» va «Chinobod» neft baza MChJlari tomonidan quyidagilar amalga oshirilmoqda:

– neft mahsulotlari hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini (ASKUN) ishlab chiqish va joriy etish ishlariga oid tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash;

– avtomatik tizimni joriy etish ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda 2021 yil uchun qurilishlar manzilli dasturiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta'minlash;

– avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqish va joriy etishning loyiha-smeta hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish va unga asosan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta'minlash;

– avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqish va joriy etish uchun sarflanadigan mablag‘larning loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish va mablag‘larning maqsadli sarflanishini qat'iy nazorat qilish;

–avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish uchun talab etiladigan mablag‘larni o‘z vaqtida ta'minlash;

– avtomatlashtirilgan tizim joriy etish ishlarini doimiy nazorat qilish va amaliy yordamlar ko‘rsatish kabi ishlarni amalga oshirish.

Belgilangan ishlarning amalga oshirilishi natijasida, «Paxta neft bazasi» MChJning sig‘imlar bog‘ida 52 ta vertikal po‘lat sig‘imlarda, «Chinobod neft bazasi» MChJning sig‘imlar bog‘ida 18 ta vertikal po‘lat sig‘imlarda, «Buxoro neft bazasi» MChJning sig‘imlar bog‘ida 35 ta vertikal po‘lat sig‘imlarda va «Maroqand neft bazasi» MChJning sig‘imlar bog‘ida 46 ta vertikal po‘lat sig‘imlarda mahsulotlar hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi.

Natijada esa, sig‘imlardagi neft mahsulotlarini avtomatik tarzda nazorat qilish uchun kompyuterga sig‘imlar bog‘idagi hamma sig‘imlar bir vaqtda, qulay tarzda, grafik holda forma qilinib, dasturga kiritiladi.

Shundan keyin har bir sig‘imdagi kerakli ma'lumotlarni xohlagan vaqtda olish imkoniyati yaratiladi:

– sig‘im raqami;

– sig‘imda bajarilayotgan ishlar (mahsulotni olish, quyish, saqlash, ta'mirlash);

– mahsulot ostidagi suv miqdori;

– mahsulot zichligi;

– mahsulot harorati;

– sig‘imning mahsulot qabul qilish jami hajmi va massasi;

– sig‘imdagi mahsulotning hajmi va massasi;

– sig‘imdagi bo‘sh hajm;

– mahsulot ko‘tarilishining maksimal sathi;

– mahsulot ko‘tarilishining qo‘lda o‘lchangan sathi;

– mahsulot sathining tepa va pastki chegaralari;

– bir daqiqada quyish sathining o‘zgarishi (quyish tezligi)

– sath o‘zgarish vaqtining tahlili;

– sig‘imning mahsulotni qabul qilish mumkin bo‘lgan sathiga yetganligini bildirish signalizatsiyasi;

– qilinayotgan ishlarning noto‘g‘riligi haqida ogohlantirish signalining avtomatik tarzda ishlab ketishi.

Bundan tashqari, dasturda quyidagi ishlar qilinadi:

– avtomatik tarzda qabul qilinayotgan mahsulotning xatlov natijalari va kerakli hisobotlarni xotirada saqlash (balandlik sathi, mahsulot osti suv sathi, zichligi va harorati, mahsulot hajmi va og‘irligi, sig‘imning holati) hamma sig‘imlarning mahsulot qabul qilish imkoniyatini xotirada aniqlash (xatlov qanchaligi);

– har qaysi sig‘imdagi mahsulotning o‘zgarish harakatini xotiraga olib borish (so‘nggi kundagi bir daqiqagacha bo‘lgan aniqligi);

– uzatkichlar va ko‘rsatkichlar ishdan chiqqanda, ma'lumotlarni avtomatik tarzda xotiraga olish;

– «zaxiradagi inventarlar» haqidagi ma'lumotlarni avtomatik yig‘ish;

– eng so‘nggi soat ichida sig‘imlardagi mahsulotlarning zamerlari haqida ma'lumotlarni avtomatik yig‘ish;

Quyish, to‘kib olish va sig‘imlar bog‘i operator xonalarida o‘rnatilgan kompyuterlar ma'lumotlarni maxsus kodlashtirilgan yagona tizimdagi kompyuterga (server) uzluksiz uzatib turadi, bu kompyuter (server) bilan ishlash maxsus mas'ul xodimlargagina ruxsat etilgan bo‘lib, natijada, neft mahsulotlarining talon-taroj qilinishiga va mijozlarning haqiga xiyonat qilinishiga yo‘l qo‘yilishining oldi olinadi hamda keraksiz bo‘lgan ish o‘rinlari qisqartirilib, ortiqcha sarf-xarajat qilinmaydi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Top