17:39 / 28.01.2021
3090
Koronavirusga qarshi vaksina yetmayotganligi sababli Germaniyani "og‘ir haftalar" kutayotganligi aytildi

Avvalroq Yevrokomissiyaning sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha a'zosi Stella Kiriakidis AstraZeneca vaksina yetkazib berish jarayoniga o‘zgartirish kiritganidan so‘ng kompaniyadan izoh talab qilgandi.

Foto: Reuters

Koronavirusga qarshi vaksina yetmayotganligi sababli Germaniyani og‘ir davr kutmoqda, deb hisoblamoqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Yyens Shpan.

"Vaksina yetarlicha emasligi bois bizni kamida 10 og‘ir hafta kutmoqda", - dedi u.

 Shpanning qo‘shimcha qilishicha, u emlash jarayonini muhokama qilish uchun Germaniya federal va hududiy hokimiyatlari ishtirokida sammit o‘tkazmoqchi.

Avvalroq Yevrokomissiyaning sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha a'zosi Stella Kiriakidis AstraZeneca vaksina yetkazib berish jarayoniga o‘zgartirish kiritganidan so‘ng kompaniyadan izoh talab qilib maktub yo‘llagandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI vaksina ishlab chiqarishni moliyalashtirgan, uni tezroq yetkazib berish bo‘yicha avvaldan buyurtma bergan va endilikda Bryussel shartnoma bajarilishini kutmoqda.

Yevroittifoq avval imzolangan kelishuvga ko‘ra joriy yilning birinchi choragida 100 mln doza vaksina olishi lozim. Ammo kelishilgan miqdorning faqat yarmini olish ehtimoli mavjud.

Top