2021 yil 27 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Xitoyning koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasi sinovida ishtirok etish uchun umumiy tashrif buyurganlar soni 11 025 nafarni tashkil etdi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi
Innovatsion rivojlanish vazirligi xabariga ko‘ra, ulardan 4 757 nafar ko‘ngilli vaksinaning 1-dozasi bilan va 493 nafar ko‘ngilli vaksinaning 2-dozasi bilan emlandi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu tadqiqotdagi yangi koronavirus vaksinasi Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 5 000 nafar ko‘ngillida sinab ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021 yilning 1 fevralidan tibbiyot xodimlarini ommaviy emlash jarayonlariga tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalashtirilayotgani haqida ma'lum qilingan edi.