20:53 / 28.01.2021
17146
Rossiya aholisi 2020 yilda rekord miqdorda kamaydi

Qayd etilishicha, aholining bunday miqdorda kamayishi 2005 yilda yuz bergan – o‘shanda aholi soni 564,5 ming kishiga kamaygan.

Foto: RIA Novosti

Rossiyada doimiy aholi soni 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 146,24 mln kishini tashkil etdi. Bu 2020 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 510 ming kishiga kam. Bu haqda Rosstatga tayanib RBK xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, aholining bunday miqdorda kamayishi 2005 yilda yuz bergan – o‘shanda aholi soni 564,5 ming kishiga kamaygan. Shunday qilib, 2020 yilda aholi kamayishi keyingi 15 yil davomidagi rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.

Mamlakatda 2020 yilning yanvar-noyabr oylarida 1,881 mln kishi vafot etgan, bu avvalgi yilning shu davriga nisbatan 13,9 foizga (229,7 ming kishiga) ko‘pdir.

O‘tgan yil boshidan buyon aholining tabiiy kamayishi 574,8 ming kishiga yetgan bo‘lib, bu 2019 yildagiga nisbatan ikki baravardan ko‘proqni tashkil etadi (285,7 ming kishi).

Top