11:43 / 28.01.2021
2962

«Toshkent» xalqaro aeroportini rivojlantirish masalasida Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlik qilinishi mumkin

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 27 yanvar kuni Transport vazirligida Turkiyaning “TAV Airports Holding” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, uchrashuvda transport vaziri v.b. Ilhom Mahkamov hamda “TAV Airports Holding” kompaniyasi prezidenti Sani Shener O‘zbekiston aeroportlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda dastlab mamlakat aviatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida batafsil ma’lumot berildi. “TAV Airports Holding” mutaxassislari kompaniya faoliyati, asosiy yo‘nalishlari va O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalari borasida taqdimot o‘tkazdi.

“TAV Airports Holding” kompaniyasi prezidenti Sani Shener “Toshkent” xalqaro aeroporti va hududiy aeroportlarni rivojlantirish masalasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid
Top