12:00 / 29.01.2021
9702
«ARCA GROUP» MChJdan PAX A930 onlayn-kassa - narxlar barqarorligi va sifatli xizmat ko‘rsatish garovi
Foto: ARCA GROUP

Bugungi kunda onlayn nazorat kassa mashinalari (onlayn-NKM) tovar va xizmatlar savdosida xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida hisob-kitob qilish uchun tezkor, qulay va ishonchli vosita sifatida o‘zini namoyon qilmoqda.

«ARCA GROUP»  MChJ O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun zamonaviy onlayn-NKMni ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z faoliyatini bir yildan ortiq vaqt mobaynida yuritib kelmoqda. Kompaniya siyosatining ustuvor maqsadlaridan biri - hamkorlar va mijozlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini ta'minlash, iste'molchilar uchun narxlar barqarorligini saqlash hamda xarid qilish imkoniyatlarini yanada soddalashtirish hisoblanadi.

O‘zbekiston bozorida tadbirkorlar uchun taklif qilinayotgan onlayn-kassalar savdosini tahlil qilish natijalariga ko‘ra, vujudga kelgan raqobat muhitida, «ARCA GROUP» MChJ onlayn-NKMdan foydalanuvchilar uchun o‘z mahsuloti va xizmatlarini qulay bo‘lgan shartlarda taklif qilmoqda.

PAX A930 onlayn-NKMni respublikaning barcha hududlarida belgilangan narxlarda xarid qilish mumkin. Kompaniya mutaxassislari onlayn-NKMlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, sozlash va ishga tushirish hamda kassa dasturiy ta'minotini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, kompaniya savdo-xizmat ko‘rsatish korxonalarining mavjud savdo qilish dasturiy tizimlari bilan onlayn-kassani integratsiya qilish xizmatlarini bepul amalga oshiradi.

PAX A930 onlayn-kassalarning narxi, texnik xususiyatlari, TXKM hamda kompaniya tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida barcha qiziqtiradigan ma'lumotlarni koll-markazga +998 78 120-23-23 qo‘ng‘iroq qilib yoki www.arca.uz saytiga kirib ega bo‘lishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top