20:00 / 29.01.2021
5532
Telegraf Card mobil ilovasi bilan xalqaro qo‘ng‘iroqlar bir necha marta qulayroq!

Biz raqamli iqtisodiyot, Internet, mobil ilovalar davrida yashamoqdamiz va deyarli barcha yumushlarni onlayn tartibda amalga oshirishga ko‘nikib qolganmiz. Aynan shuning uchun «O‘zbektelekom» AK doimo o‘z abonentlari haqida qayg‘uradi va xalqaro yo‘nalishdagi qo‘ng‘iroqlar uchun telefon kartalaridan foydalanishning yangi, qulay shaklini taklif etadi.

Telegraf Card mobil ilovasini yuklab oling va chakana savdo nuqtalaridan xalqaro kartalarni sotib olish zarurati haqida unuting. Shu bilan birga, qo‘ng‘iroqlar uchun tariflar bir necha marotaba qulay bo‘ladi!

Bu qanday ishlaydi?

Kompaniya mutaxassislari tomonidan Abonentlarga qulay bo‘lishi uchun Telegraf Card mobil ilovasi ishlab chiqildi va bunda mobil ilovani o‘rnatish orqali foydalanuvchi bank kartasi yordamida «Markaziy Telegraf» hamda UZTELECOM xalqaro telefon kartalari seriya raqami bo‘yicha o‘z hisob raqamini sotib olish va to‘ldirish, shu bilan birga o‘tkazilgan to‘lovlar haqida ma'lumot olish hamda kartalarni boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Qulay, hamyonbop va zamonaviy!

Qanchalik qulay?

Sotib olingan kartalar yordamida foydalanuvchilarga Kompaniyaning intellektual platformasi orqali qulay tariflar bo‘yicha xalqaro qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati beriladi. Bunda xalqaro qo‘ng‘iroqlarni bir necha barobar hamyonbop narxga amalga oshirish imkoni yaratiladi. Tariflarning yo‘nalishlarga qarab xalqaro telefon aloqa xizmati uchun mavjud an'anaviy tariflariga nisbatan 1,5 barobardan 3 barobargacha farq qiladi.

Qayerdan yuklab olish mumkin?

Android platformasi uchun mobil ilovani quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

UZTELECOM karta platformasi orqali xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun tariflar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin. 

UZTELECOM – Milliy operator!

Facebook: fb.com/uztelecom

Texpodderjka: fb.com/groups/tshtt.uz

Instagram: @uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida

Top