15:38 / 30.01.2021
2782

2020 yilda «Tez yordam»dagi dori-darmonlarga 75 mlrd so‘mdan ortiqroq mablag‘ sarflandi

2020 yilda “Tez tibbiy yordam” xizmatidagi dori-darmonlarga 75 mlrd 387 mln so‘mdan ortiqroq mablag‘ sarflangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2019 yilda “103” xizmatiga dori-darmon uchun 26 mlrd 580 mln so‘mdan ortiq pul ishlatilgan edi.

Pandemiya davrida ushbu soha uchun avtotransport xarid qilish va texnikaga bo‘lgan ehtiyojni qoplashga ham katta e'tibor qaratildi. 2020 yilda esa ularning soni 2403tadan 2800taga yaqinlashdi. 

Bu “Tez yordam” mashinalarining aksariyati sun'iy nafas berish, EKG apparatlari, mexanik so‘rg‘ich, defibrillyator, immobilizatsiya shinalari bilan ta'minlangan. Mashinalarda qulay aloqa, chaqiriqlar uchun mashinani tezkor yo‘naltirishni ta'minlovchi GPS tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Tibbiyoti rivojlangan chet el mamlakatlarida aholiga tez va shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimida pulli xizmat yoki tibbiy sug‘urtadan foydalaniladi. O‘zbekistonda esa shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimi davlat budjeti tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi.

Top