17:00 / 30.01.2021
9422
AQSh Rossiyaning ichki siyosiy ishlariga aralashmasligi ma'lum qilindi

"Biz demokratiya tarafdorimiz. Biz inson huquqlari tarafdorimiz. Ammo ma'lum bir partiyaning ma'lum bir nomzodi yoki ma'lum bir shaxsning tarafdori emasmiz", - dedi AQSh elchisi.

Qo‘shma Shtatlar Rossiyadagi ichki siyosiy bahslarga aralashmaydi va qandaydir bir partiya yoki shaxsning tarafdori emas. Bu haqda AQShning Moskvadagi elchisi Jon Sallivan ma'lum qildi.

Diplomatning qayd etishicha, uning yagona vazifasi Rossiyadagi amerikaliklarni himoya qilish va "Rossiyaning xalqaro shartnomalarda zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishini" ta'minlash.

"Men Rossiyaning hech bir fuqarosiga qaysi yetakchini qo‘llab-quvvatlashi kerakligini ayta olmayman. Bu mening ishim emas. Men, biz Rossiyadagi ichki siyosiy bahslarga aralashmaymiz. Bu rossiyaliklarning ishi", dedi Sallivan.

"Biz demokratiya tarafdorimiz. Biz inson huquqlari tarafdorimiz. Ammo ma'lum bir partiyaning ma'lum bir nomzodi yoki ma'lum bir shaxsning tarafdori emasmiz", - deb qo‘shib qo‘ydi AQSh elchisi.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShni mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirgandi.

Top