19:09 / 30.01.2021
11951

Germaniya besh mamlakat uchun chegaralarini yopdi

30 yanvardan 17 fevralgacha Portugaliya, Irlandiya, Buyuk Britaniya, JAR va Braziliyadan keluvchilar Germaniyaga kiritilmaydi.

Foto: DPA

Germaniya koronavirusning yangi shtammlari tarqalishi sababli mamlakatga kirish qoidalarini qat'iylashtirdi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, 30 yanvardan 17 fevralgacha Germaniyaga Portugaliya, Irlandiya, Buyuk Britaniya, JAR va Braziliyadan keluvchilar kiritilmaydi.

“Bu mamlakatlarda koronavirusning yangi, o‘ta xavfli turi tez tarqalmoqda”, deyiladi xabarda.

Ushbu taqiq mamlakatga qaytayotgan Germaniya fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 2,2 milliondan oshgan, 57,1 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Top