Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari o‘zgardi.
Ulug‘bek Uzoqov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ulug‘bek Uzoqov ayni paytga qadar Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. U Jizzax viloyati hokimi sifatida ham ishlagan. Unga qadar esa Vazirlar Mahkamasi departamentlaridan birini boshqargan.
Ma'lumot uchun, Botir Alimbekov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Avvalroq, Toshkent viloyati hokimi ishdan olingani, uning o‘rnini Jahongir Ortiqxo‘jayevning sobiq o‘rinbosari egallagani xabar qilingandi.