17:03 / 30.01.2021
7596

Masharipov «An Nasr»ga o‘tdi. U mavsum oxirigacha BAA klubida ijarada o‘ynaydi

«Paxtakor» yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Saudiya Arabistoni klubida davom ettiradi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

«Faoliyatini «Paxtakor» yoshlar tizimidan boshlab, asosiy jamoa safida 4 marta O‘zbekiston chempioni, 2 marta O‘zbekiston va bir bor Liga Kubogida zafar quchgan yarimhimoyachi Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubiga ko‘chib o‘tdi. Jamoalar o‘rtasida transfer shartnomasi rasman imzolandi», - deyiladi xabarda.

BAAning «Shabob Al Ahli» klubi esa Saudiyaning «An-Nasr» klubidan Jaloliddin Masharipovni joriy mavsum yakunigacha ijaraga olganini e'lon qildi. Futbolchi BAAda mavsum yakuniga yetgach, Saudiya Arabistoni klubi safiga borib qo‘shiladi.

Ma'lumot uchun, Masharipov ayni paytga qadar «Paxtakor» tarkibida Superligada 141 o‘yinda 24 gol urishga erishgandi. Chempionlar Ligasida 29 bellashuvda 4, mamlakat kuboklarida 30 bahsda ishtirok etib, 5ta to‘p muallifiga aylangan.

Top