12:07 / 01.02.2021
13257

Hafta davomida iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda - «O‘zgidromet»

Qishning oxirgi oyi boshida ob-havo me'yoriy qiymatlardan 2-4 darajaga yuqori bo‘lgan, juda iliq va kam bulutli, bahoriy bo‘ladi. Juma kuni termometr ko‘rsatkichi 14-17 daraja iliqqa yetadi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun respublikaning aksariyat viloyatlarida me'yorga yaqin bo‘lgan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Faqat kunning birinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli saqlanib turadi. Havo harorati oxirgi kunga nisbatan pasayadi va 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.

Ertaga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizidan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ish haftasi oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechalari harorat 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi, juma kuni 14-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Hafta davomida respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Mavzuga oid
Top