08:06 / 01.02.2021
7344
Nukusda mast holda bo‘lgan «Neksiya-3» haydovchisi to‘xtab turgan 5ta avtomobilni urdi

Joriy yilning 30 yanvar kuni soat 16:00larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar hududidan o‘tgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 771-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan U.R. “Neksiya-3” avtomobilida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘lakka o‘tib ketib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 2ta “Lasetti”, “Damas”, “Spark” hamda “Kobalt” avtomobiliga urilgan.

Natijada, “Neksiya-3” haydovchisi, 50 yoshli U.R.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Transport vositalari texnik shikastlangan. Surishtiruv ishlari davomida haydovchi U.R. mast holda avtomobil boshqarganligi ma'lum bo‘lgan.

Mazkur YTH yuzasidan Nukus shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top