12:04 / 01.02.2021
13706

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi o‘sishda davom etdi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 2 fevral kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 21,45 so‘mga oshgan va bir dollar 10 540,44 so‘mni tashkil qilgan.

Yevro kursi 6,58 so‘mga tushib, 12 791,88 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 0,3 so‘mga arzonlagan va 1 rubl 139,19 so‘mni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 15 fevraldan boshlab, valuta kursidagi o‘zgarishni har kuni e'lon qiladi.

Mavzuga oid
Top