13:47 / 01.02.2021
25666

Qozog‘istonda haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqarishga ruxsat berildi

Avtomobil egasi yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatni olib yurishi kifoya.

Foto: Tengrinews.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi qonunga ko‘ra, avtomobil egalari transport boshqarayotgan chog‘ida haydovchilik guvohnomasi va transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani yonlarida olib yurishlari shart emas.

Ular o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni olib yurishi kifoya. Avtomobil egasi to‘g‘risidagi boshqa barcha ma'lumotlarni politsiya xodimi plansheti orqali ko‘rib turadi.

Qonunchilikdan shuningdek, avtomobilni haydovchilik guvohnomasisiz va transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasiz boshqarganlik uchun javobgarlik chiqarib tashlandi.

Mavzuga oid
Top