15:06 / 01.02.2021
3919
Yashnobod tumanida ro‘y bergan YTH oqibatida piyoda vafot etdi

Joriy yilning 31 yanvar kuni taxminan soat 20:15larda Yashnobod tumanidagi Ohangaron ko‘chasida (“Shosh” restorani qarshisida) yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, Nexia avtomobilini boshqarib borgan 26 yoshli Bekzod M. 38 yoshli piyoda Toshkent viloyatida yashagan Sa'dulla M.ni urib yuborgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tibbiyot muassasasiga yetib bormasdan hayotdan ko‘z yumgan. 

YTHning taxminiy sababi - haydovchi yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.

Top